35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK O‘RGANISHI: ENERGIYA RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan saylov okrugi hududidagi “Oq oltin” MFYda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash, xususan, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga 5 kVt quvvatga ega quyosh paneli o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu quyosh panelidan foydalanish orqali elektr energiyasidan oqilona foydalanish, energiya sarfini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Deputat F.Mamajonov tomonidan o‘rganish davomida energiya resurslaridan samarali foydalanish, elektr energiyasini tejash madaniyatini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3