#24_TAVSIYA_IJROSI
Deputatlik nazorati va o‘rganishlar
🏛 Shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov 24 ta tavsiyadan kelib chiqqan holda, 23-“Sharshara” saylov okrugi tarkibidagi “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
🔹Hududdagi hokim yordamchilari hamda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xususan, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
🔹Aholini suv bilan ta’minlash va tomorqa yerlarini sug‘orish: Mahallaning geografik joylashuvi va iqlim sharoitidan kelib chiqib, aholi tomorqa yerlarini uzluksiz sug‘orish suv bilan ta’minlash masalasi joyida o‘rganildi.
🔹 O‘rganish natijalariga ko‘ra, Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududda suv qudug‘ini qazish va aholini kafolatlangan suv bilan ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilanib, amaliy ishlar boshlandi.
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi
✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz