35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Qo‘qonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi.

Hisobotda aholiga tabiiy gaz yetkazib berish sifati, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tizimni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Jumladan:
2026-yil boshida 32 mlrd 32 mln so‘mni tashkil etgan debitor qarzdorlik 31 mlrd 59 mln so‘mga tushirilib, umumiy hisobda 972 mln so‘mga kamaytirildi.
Qarzdorlikni undirish maqsadida 3 524 ta iste’molchi bo‘yicha sud organlariga hujjatlar taqdim etildi.
Qarzdor iste’molchilarning 12 228 tasi gaz tarmog‘idan uzildi.
Aloqasiz (nosoz) gaz taqsimlash uskunalari soni 12 645 tadan 3 781 tagacha qisqartirildi.
Yil boshidan 11 688 ta gaz taqsimlash uskunasi ta’mirlandi va 2 824 tasi yangisiga almashtirildi.

Shuningdek, noqonuniy gaz iste’moli holatlarini aniqlash bo‘yicha 248 ta holat qayd etilib, yetkazilgan zarar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.

Muhokama yakunida mazkur masala doimiy komissiya nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar natijalari yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari muntazam eshitib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2