35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
"Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur javobda "Navro‘z" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Matmusayeva Madina Xasanovnaga tikuv mashinasi xarid qilish uchun subsidiya ajratish masalasi belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgani ma’lum qilingan.

Aniqlanishicha, fuqaro 2025-yil 11-martdagi Vazirlar Mahkamasining 158-son qarori asosida asbob-uskunalar xarid qilish uchun 10 million so‘m subsidiya olish maqsadida elektron ariza topshirgan.

Shuningdek, fuqaro tomonidan "Onlayn mahalla" platformasi orqali imtiyozli kredit olish uchun ham murojaat qilingan. Biroq, "Kambag‘al oilalar reyestri" va "Tadbirkor" hamda "Band" toifalariga mansubligi navbatiga ko‘ra ariza hali rad etilmagani, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi davom etayotgani bildirilgan.

Deputat tomonidan mazkur masala nazoratda saqlanib, fuqaroning murojaati bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi