35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
"Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Valiyev tomonidan "Mo‘yimuborak" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar murojaati asosida mahalla hududida yangi umumta’lim maktabi qurilishi masalasi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisining ta’lim muassasasiga bo‘lgan ehtiyoji, o‘quvchilar sonining ortib borayotgani hamda mavjud maktablarning yuklamasi tahlil qilindi. Shuningdek, yangi maktab qurilishi uchun taklif etilayotgan hudud va uning infratuzilma imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Mahalla faollari va fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotda yangi maktab qurilishi hudud aholisi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, ushbu masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olinib, aholining sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahalla ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2