35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi

🏛  Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov hamda kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida “Bahoriston” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, hovli hududlari tozalik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

📌 O‘rganishda maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari, ko‘p qavatli uylar atrofi, chiqindi to‘planadigan maydonchalar va begona o‘tlarni tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi. Ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi hojatxonalarida sanitariya-tozalik bo‘yicha ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

📒 Natijada aniqlangan kamchiliklar “Deputat daftari”ga belgilangan tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan  amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 1