35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
#_162_ta_qonun Huquqiy_axborot_soati

#_162_ta_qonun
Huquqiy_axborot_soati


O‘zbekiston Respublikasining “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni homiylik sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, xayriya faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq, homiylik – jismoniy va yuridik shaxslarning boshqa shaxslarga mol-mulk, pul mablag‘lari, ishlar yoki xizmatlar ko‘rinishida ixtiyoriy va beg‘araz yordam ko‘rsatishidir.

Qonunning asosiy vazifalari.

homiylik faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya sohalarini qo‘llab-quvvatlash;
xayriya mablag‘laridan maqsadli va shaffof foydalanishni ta’minlash;
jamoatchilik nazorati va hisobdorlikni kuchaytirish.

Homiylik xayriyalarini qabul qiluvchilar mablag‘lardan foydalanish yuzasidan belgilangan tartibda hisob yuritishi hamda jamoatchilikka axborot taqdim etishi lozim. Bu esa xayriya faoliyatiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.

Qonun talablariga amal qilish jamiyatda insonparvarlik, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini keng qaror toptirishini ta’minlaydi.

Slide 1 of 1