35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
Obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Djumamuratova Mukarrama Saliyevna “Taxiatosh” mahallasida o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

🌿 Tashrif davomida Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, asosiy ko‘chalar bo‘yini tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududlarni parvarishlash hamda ariqlar orqali sug‘orish suvi yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar joyida ko‘zdan kechirildi.

🤝 Mutasaddilar bilan muloqot davomida obodonlashtirish ishlarini sifatli va tizimli tashkil etish, yashil maydonlarni muntazam parvarishlash hamda mahallaning ozodaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 Obod va ko‘rkam mahalla — aholi, deputatlar va mas’ul tashkilotlarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari samarasi hisoblanadi.

Slide 1 of 4