35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

Mahalla kutubxonalari va kitob savdosi faoliyati deputatlik nazoratida

Aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa an’analarini keng targ‘ib etish hamda kitob mahsulotlari bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Marg‘ilon shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh.Zokirova tomonidan shahardagi mahalla kutubxonalari hamda "Ziyo" kitob savdo do‘konlari faoliyati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Unda kutubxonalarning moddiy-texnik holati, kitob fondining boyitilishi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda kitob savdo do‘konlarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati yuzasidan tahlillar olib borildi. Shuningdek, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish va kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi tizimlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7