35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
“Turon” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Tadbir doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov mahallaning ijtimoiy xodimi tomonidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodimning aholi, ayniqsa, ijtimoiy ehtiyojmand toifalar bilan olib borayotgan ishlari, ularning muammolarini aniqlash, mavjud ehtiyojlarni o‘rganish va zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
📋 Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar holati tahlil qilindi:
🔹 keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ehtiyojlarini o‘rganish;
🔹 fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ularni tegishli xizmatlardan foydalanishga yo‘naltirish;
🔹 yakka-yolg‘iz va parvarishga muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
🔹 ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjud oilalar bilan manzilli ishlash;
🔹 fuqarolarning murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasidagi ishlar.
🇺🇿 Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
📚 Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan ijtimoiy xodim bilan suhbat o‘tkazildi.
💬 Suhbat davomida mazkur qonunda belgilangan vazifalarning mahalla darajasida amaliy ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni aholiga manzilli va sifatli yetkazish, ehtiyojmand fuqarolarni e’tibordan chetda qoldirmaslik hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Ijtimoiy himoya — inson qadrini ta’minlashning muhim omili. Shu bois mahallalarda ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolar bilan individual ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
📌 Asosiy maqsad — har bir ehtiyojmand fuqaroning manfaatini himoya qilish, unga zarur ko‘makni o‘z vaqtida yetkazish va mahallada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish.