35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda 29-Allon saylov okrugi deputati F.Salomova tomonidan "Quyosh" MFY hududidagi 569-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

💡O‘rganish davomida muassasaning hududi va obodonlashtirish ishlari, hovlining sanitariya holati, bolalar uchun yaratilgan o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonlar, guruh xonalari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda infratuzilmaning bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📉 Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan mavjud masalalarni bartaraf etish, muassasada bolalar uchun yanada xavfsiz, zamonaviy va qulay ta'lim-tarbiya muhitini yaratish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📌 O‘rganish yakunida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan DMTT ma'muriyati va jamoasi bilan muloqot o‘tkazilib, "Tashabbusli budjet" jarayonlarida faol ishtirok etish, muassasa infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan loyihalarni ilgari surish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi alohida ta'kidlandi.

📝 Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim sifati va moddiy-texnik bazani mustahkamlash, bolalar manfaatlarini ta'minlash hamda davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

📚 Deputatlar tomonidan ijrosi ustidan nazorat olib borilayotgan qonunlar:

🔹 "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📌 Qonun raqami: O‘RQ-595
📅 Sana: 2019-yil 16-dekabr

🔹 "Ta'lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📌 Qonun raqami: O‘RQ-637
📅 Sana: 2020-yil 23-sentabr

🔹 "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📌 Qonun raqami: O‘RQ-139
📅 Sana: 2008-yil 7-yanvar

🔹 "Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📌 Qonun raqami: O‘RQ-265-I
📅 Sana: 1996-yil 29-avgust

🤝 Deputatlik nazorati doirasida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta'lim muhitini yaratish, infratuzilmani takomillashtirish hamda mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.


⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 9