35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
AHOLI BILAN MULOQOTDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik vakolati doirasida “Bo‘ston” mahallasi “Achisoy” ko‘chasida yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib,hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.Xususan, “Achisoy” ko‘chasi aholisi tomonidan yaqinda o‘rnatilgan zamonaviy tungi yoritish chiroqlari hudud obodonchiligi va aholi uchun qulayliklarni yanada oshirgani ta’kidlanib, mazkur ishlardan mamnun ekanliklari bildirildi.Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan tegishli tartibda qayd etilib, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda ijrosini nazoratga olish belgilandi.Uchrashuv yakunida deputat aholi bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlarni muntazam davom ettirish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.  

Slide 1 of 5