35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
DEPUTATLAR O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA ISH OLIB BORMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li biriktirilgan tashkilot —O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda ish olib bordi.Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Mirzayev ham ishtirok etdi.Hamkorlik doirasida tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda murojaatlarning qonuniy yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Muloqot davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida
qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni chuqur o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, bevosita muloqot jarayonida Xalq qabulxonasiga pensiya masalasi yuzasidan murojaat bilan kelgan fuqaroga deputatlar hamda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Parkent tuman bo‘limi
mutaxassisi hamkorligida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.Uchrashuvda aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash,mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish va ijrosini nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.Kelgusida ham deputatlar o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirib, aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarni joyida hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
  

Slide 1 of 4