Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
#haftalik_ish_reja #doimiy_komissiya_faoliyati Xavfsiz va sog‘lom yurt: Termiz shahrida “Chilonzor” va “Mirzo Ulug‘bek” tajribalari asosida jinoyatchilik profilaktikasi o‘rganildi
Unda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi G.Kravchenya, shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi I.Tangirov Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Muratov, IIB Termiz shahar bo'limi boshlig'i M.Boltayev, viloyat va shahar Kengashlari bosh mutaxassislari hamda mahalla nazorat inspektorlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Komissiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosi, “Chilonzor tajribasi”, “Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasi” hamda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Termiz shahrining "Bog‘ishamol" va "Bo‘ston" mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlarni sinchkovlik bilan tahlil qildilar.

O‘rganish davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

“Jinoyatchilikdan xoli hudud” yaratish: Kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, huquqbuzarliklarni barvaqt jilovlash;

Manzilli profilaktika: “Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan individual ishlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish va aholi bandligini ta’minlash;

Raqamli xavfsizlik va nazorat: Ko‘p qavatli turar joylar va ijtimoiy obyektlarni zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlash hamda ularni markaziy qo‘riqlash tizimlariga ulash holati;

Ijtimoiy-tibbiy profilaktika: Surunkali ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlikka moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularni tizimli davolash hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralari.

O‘rganishlar davomida jinoyat sodir etishga moyillik yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” (mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va b.) a’zolarining ishi tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Yo‘l qo‘yilgan loqaydlik va sustkashliklar ko‘rsatib o‘tilib, kelgusida har bir mas’ul xodimning shaxsiy javobgarligini keskin kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

"Aholi osoyishtaligi va xavfsizligi — islohotlarimizning bosh mezoni. Mahallada xizmat qilayotgan har bir xodim xonadonbay yurib, muammoni jinoyat sodir etilishidan oldin aniqlashi va bartaraf etishi shart. Buning uchun barcha kuch va texnik imkoniyatlar (kuzatuv kameralari, tezkor aloqa) to‘liq safarbar etiladi," — deya ta'kidlashdi komissiya raislari.
Slide 1 of 9