Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodimi I.Ergashevaning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-oktyabrdagi O‘RQ–641-sonli "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim I.Ergasheva tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida:
62 ta oilaga 17 mln 304 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan;
41 mln 200 ming so‘mlik kiyim-kechak va zarur buyumlar bilan ta’minlangan;
10 nafar fuqaroning 4 mln 120 ming so‘mlik kommunal xizmatlardan qarzdorligi qoplab berilgan;
1 nafar fuqaroning 38 mln so‘mlik jarrohlik amaliyoti xarajatlari to‘lab berilgan.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning qonunchilikda belgilangan ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3