Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
"Takiya ota" ziyoratgohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

#Nazorat_tahlil_tadbiri

"Takiya ota" ziyoratgohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdinazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–386-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Takiya ota" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish hamda ziyoratchilar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning loyiha talablari va belgilangan muddatlarga muvofiqligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3