Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Nazorat tahlil tadbiri olib borildi

Nazorat tahlil tadbiri olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati A. Ergashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari"da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-386-son qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganishni amalga oshirdi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati A. Ergashevga biriktirilgan "Yangikent" MFY hududida joylashgan baliqchilik ko‘li atrofida ichki turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini rivojlantirish, ushbu hududni zarur muhandislik-kommunikatsiya hamda boshqa infratuzilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, loyiha doirasida belgilangan chora-tadbirlarning ijro holati, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, hududning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3