Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Biriktirilgan tashkilotda navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala hamda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Biriktirilgan tashkilotda navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala hamda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan Qiziriq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tashrif buyurib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri S.Abdurasulovning maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish hamda bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ta’lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib bordilar.
Shuningdek, deputatga biriktirilgan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, pedagog kadrlar faoliyati hamda qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Bundan tashqari, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish, soha faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish hamda tegishli tartibda taqdim etish yuzasidan mas’ul xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi. O‘rganish yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida hamkorlikdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
Slide 1 of 3