Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Deputat Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bilan profilaktik va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, bandligini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda takroriy huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, probatsiya nazoratini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan insonparvarlik va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya etilishi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, probatsiya nazorati fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda amalga oshirilishi, nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari ularning huquq va erkinliklarini kamsitishga yoki inson qadr-qimmatini tahqirlashga sabab bo‘lmasligi lozim.

O‘rganish yakunlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga probatsiya nazoratidagi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jamiyatga to‘laqonli moslashishiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2