Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Deputat hududda: Yoshlarning yozgi ta’tili qanday tashkil etilmoqda?

Deputat hududda: Yoshlarning yozgi ta’tili qanday tashkil etilmoqda?

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 2-iyuldagi VII-17-40-8-118-K/26-sonli qarori bilan tumanda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari start olgan edi. Mazkur qaror ijrosini ta'minlash, yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish bosh mezon etib belgilangan.

Kuni kecha 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati A.Bakiyev ushbu qaror ijrosining borishini o‘rganish maqsadida o‘zi saylangan hududdagi 69-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

O‘rganish davomida deputat maktabda tashkil etilgan yozgi to‘garaklar, sport musobaqalari va kitobxonlik burchaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mahalla yoshlari va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning ta’tilni qanday o‘tkazayotganligi, mavjud sharoitlar va takliflari bilan qiziqdi.

Deputat o‘rganish yakunida maktab ma’muriyati va mahalla mas’ullariga to‘garaklar faoliyatini yanada jonlantirish, o‘quvchilarni ommaviy sport turlariga kengroq jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi. Bu boradagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.