Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!

Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat hamda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov o‘z saylovchilari va tuman aholisi bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan ushbu ochiq muloqotda 15 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan turli yo‘nalishlardagi muammolarini o‘rtoqlashdilar.

Qabul davomida deputat va tuman hokimi sifatida X.Bozorov fuqarolarning quyidagi masalalardagi murojaatlarini alohida nazoratga oldi:

🌱 Yer ajratish va tadbirkorlik;
💼 Bandlikni ta’minlash;
🤝 Ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
🏠 Uy-joy sharoitini yaxshilash;
🚰 Ichimlik suvi ta’minoti va boshqa hayotiy masalalar.

Muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt va mablag‘ talab qiladigan qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi