35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
янв.21
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Qo‘qonshahargaz” GTBning 2026-yildagi faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
Muammo joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 4-Matqulobod saylov okrugi deputati G.Usmonova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan Matqulobod mahalla fuqarolar yig‘inining Yuksak ko‘chasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida Yuksak ko‘chasi orqali oqib o‘tuvchi zovur bir necha yillardan buyon tozalanmaganligi aniqlandi. Natijada zovurda suvning erkin oqimi cheklanib, suv to‘planishi kuzatilayotgani hamda yondosh xonadonlar tomorqalarida zax hosil bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat dehqonchilik ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ekinlar hosildorligi va yer unumdorligining pasayishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammo deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda masalaning ijrosi deputat nazoratiga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 5