Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyati mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Birlik” mahallasi Uchtosh ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi.

Mahallaning mazkur ko‘chasi 2026-yilning 1-mavsumida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlashtirish taklifi bo‘yicha g‘olib deb topilgan bo‘lib, o‘rganish davomida pudratchi tashkilot tomonidan asfaltlashtirish ishlari belgilangan qurilish me’yorlari va texnik talablar asosida davom ettirilayotgani ko‘zdan kechirildi. Xususan, yo‘l asosini tayyorlash, asfalt qoplamasining qalinligi, tekisligi, sifatli zichlanishi va boshqa texnologik jarayonlarga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga barcha qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat va amaldagi me’yoriy talablarga to‘liq rioya qilgan holda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4