Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Yoshlar xiyobonidagi ichki yoʻlaklar va yoritish tizimi holati oʻrganildi

Yoshlar xiyobonidagi ichki yoʻlaklar va yoritish tizimi holati oʻrganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahridagi Yoshlar xiyobonida ichki yoʻlaklar va yoritish tizimining holatini oʻrgandilar.

Oʻrganish davomida xiyobondagi ichki yoʻlaklarning holati, ularning fuqarolar uchun qulayligi, obodonlashtirish ishlari hamda hududdagi yoritish chiroqlarining sozligi va samarali ishlashi koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, tungi vaqtda fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, hududdagi tartib va obodonchilik holati ham oʻrganildi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur oʻrganish Yoshlar xiyobonida qulay va xavfsiz muhit yaratish, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash hamda fuqarolarga munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4