Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
TADBIRKORLIK LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

📌 TADBIRKORLIK LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

✔️ Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 13-Damko‘l saylov okrugi deputati Shuhratjon Rahimov tomonidan Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi.

✔️ O‘rganish davomida yakka tartibdagi tadbirkor U.Abdullayev tomonidan umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha bilan tanishildi. Mazkur loyihani moliyalashtirish maqsadida Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 80 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan.

✔️ Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish istiqbollari muhokama qilindi.

✔️ Uchrashuv yakunida tadbirkorni qiziqtirgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4