Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
#deputat_hududda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 20-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat M.Hojiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar hamkorligida "Navgadi" mahallasi hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, xususan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan reja-jadvalga muvofiqligi, qurilish sifati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlari hamda obyektlarda mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlillar olib borildi.
🔹Shuningdek, mas’ul tashkilotlar va qurilish ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi tashkilot vakillari bilan muloqot qilinib, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi ustidan deputatlik nazorati muntazam ravishda amalga oshirilib, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Slide 1 of 6