Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Murojaatlar joyida o‘rganilmoqda, muammolar yechimi deputatlik nazoratida

Navbatdagi o‘rganishlar davomida 7-sonli “Bog‘ishamol” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Allamurodova deputatning murojaatlar daftariga qayd etilgan murojaatlar ijrosini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Unda Kengash kotibiyati xodimlari va mahalla mas’ullari ham ishtirok etib, murojaatlar ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar chog‘ida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimining pastligi, kanalizatsiya tizimidagi mavjud muammolar, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan holat joyida tahlil qilinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3