Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati O‘.Tojiyeva tomonidan saylov okrugida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xususan, Qo‘qon shahar “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Oloy ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Rahmonova ish bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda murojaatni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish maqsadida Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaroning murojaatini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ish bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda murojaatni qachon va qay tartibda hal etish rejalashtirilgani haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2