Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarda Qo‘qon shahridagi ko‘p kvartirali uy-joy fondining joriy holati, uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berildi.

Xususan, 2026-yilda ko‘p kvartirali uylarning tom qismlari, kirish yo‘laklari, fasadlari, yerto‘la kommunikatsiyalari ta’mirlanishi, energiya tejamkor yoritish tizimlarini o‘rnatish hamda bolalar maydonchalari va ichki yo‘llarni obodonlashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar keltirildi.

Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, ularning malakasini oshirish, majburiy badallarni undirish holati hamda ko‘p kvartirali uy-joylarni samarali boshqarishga qaratilgan ishlar haqida ham batafsil tushuntirish berildi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganilib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2