Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 5-Cheksaroy saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga qarashli Cheksaroy mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar bilan birgalikda ko‘chalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔍 O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.
🏫 Navbahor ko‘chasi aholisi nomidan fuqaro S.Asronqulov tomonidan hududda joylashgan 39-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi filiali binosi uzoq vaqtdan buyon foydalanilmayotgani hamda qarovsiz holga kelib qolganligi sababli mazkur obyekt o‘rnida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (davlat bog‘chasi) qurish masalasida murojaat bildirildi.
🛣 Navbahor ko‘chasi aholisi nomidan fuqaro F.Xudoyorov ko‘chaning qariyb 2 kilometr qismini ta’mirlash bo‘yicha murojaat bildirdi.
🤝 Shuningdek, fuqaro G.Xoldarova tomonidan "Sahovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ajratish yuzasidan murojaat qilindi.
📝 Bildirilgan barcha murojaatlar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha yuritish" daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.
✅ Mazkur murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga yuborilishi hamda ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Slide 1 of 8