Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Deputat va mahalla hamkorligi tahlilda: "Shifokor" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati atroflicha o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengash deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘ldilar.

⏺Tashrif davomida mas’ullar dastlab mahalla raisi bilan uchrashib, mahalla faollarining bugungi kundagi ish faoliyati tahlilini o‘tkazdilar.

💬 Suhbat davomida okrugdan saylangan deputat O.Lapasovaning mahalla bilan yo‘lga qo‘ygan amaliy hamkorlik aloqalari, fuqarolar murojaatlarini hamkorlikda hal etish va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi ko‘rib chiqildi.

💬 Uchrashuv doirasida mahalla yoshlar yetakchisi A.G‘affarovning faoliyati va bugungi kundagi ish samaradorligi O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli qonuni doirasida atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Xususan:
🟢Yoshlar bandligi: Mahalladagi ishsiz yoshlarni aniqlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash holati;

🟢"Yoshlar daftari": Daftarga kiritilgan ehtiyojmand yoshlarga ko‘rsatilayotgan tizimli yordamlarning manzilliligi va sifati;

🟢Bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Mahallada yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi loyihalar qamrovi tahlil qilindi.

💬Kengash raisi D.Normuradova yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir yoshning muammosiga "xonadonbay" yondashish hamda deputat va mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Slide 1 of 2