Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
KATTAQO’RG’ONDA MUHIM TRANSPORT INSHOOTI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA

KATTAQO’RG’ONDA MUHIM TRANSPORT INSHOOTI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA

Avval xabar berganimizdek, shahrimizning Qo‘shhovuz mahallasidagi U.Barnoev va A.Navoiy ko‘chalarini bog‘lovchi muhim transport inshooti bo‘lgan ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

️Bugun shahar hokimi, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Gavhar Alimova qurilish joyiga tashrif buyurib, ko‘prikni demontaj qilish jarayonlari hamda qurilish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish-montaj ishlarini belgilangan loyiha hujjatlari asosida sifatli amalga oshirish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. U Kattaqo‘rg‘on shahri hududida olib borilayotgan 12 ta yirik ijtimoiy va muhandislik-infratuzilma loyihalaridan biri hisoblanadi

Hozirgi kunda eski ko‘prik konstruksiyalarini demontaj qilish, shuningdek, inshoot orqali o‘tgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ko‘chirish va qayta joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Keyingi bosqichlarda zamonaviy muhandislik yechimlari asosida yangi ko‘prikning tayanch konstruksiyalari va ustki qismi barpo etiladi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda shahar infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 7