Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 11-Xalqobod saylov okrugi deputati D.Zulyarova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan "Mustaqillik" MFY hududidagi 58-umumta'lim maktabning sport zali o'rganildi.

🏓Tashrif davomida sport zalining umumiy holati, jihozlanish darajasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport mashg‘ulotlarining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud sport anjomlari sifati, ularning yetarliligi va xavfsizlik talablariga mosligi ham ko‘zdan kechirildi.

📖Deputat maktab rahbariyati va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi, ularni turli musobaqalarga tayyorlash jarayoni hamda erishilgan natijalar haqida ma’lumot oldi.

Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova

✅Xalq deputatlari o'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2