Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati tomonidan “Mehnatobod” mahallasida mavjud ayrim masalalardan biri – ichki ko‘chalarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘nggi vaqtlarda mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, ichki yo‘llar asfaltlashtirildi. Natijada aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratilmoqda. Biroq ayrim haydovchilarning yuqori tezlikda harakatlanishi mahalla aholisi, ayniqsa yosh bolalar va piyodalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan mahalla fuqarolari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qilingan murojaatlarda ichki ko‘chalarga tezlikni cheklovchi va ogohlantiruvchi yo‘l belgilari hamda zarur joylarga sun’iy notekisliklar (tezlik pasaytirgichlar) o‘rnatish takliflari bildirildi.

Deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotdan mazkur holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, zarur yo‘l belgilari va sun’iy notekisliklar o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

Tuman Kengashi deputati Amonov Jamshid Yangiboyevich

Slide 1 of 3