Yangiliklar

🏛 Saylovchilar murojaatlari — amaliy yechimlar sari

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati K.Aytbayev mahallada saylovchilar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olindi.

💬 Aholi bilan ochiq muloqot — xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.

https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi

Slide 1 of 3