▫️Bugun Qo'ng'irot tumani hokimligining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan “Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
▫️Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, mahalliy Kengash kotibiyati xodimlari, tuman Kengashi deputatlari, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
▫️Mazkur seminar mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.
✍️Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi kotibyati