Yangiliklar

Bozordagi narx-navo o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi asosida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” DP guruhi deputatlari S.Ergashyeva va K.Muxitdinova tomonidan Bekobod shahridagi dehqon bozoridagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi, sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini saqlanish va yaroqlilik holati o‘rganildi. Ayniqsa, go‘sht mahsulotlaridagi yuqori narxlar bo‘yicha bozor ma’muriyati bilan birgalikda chora-tadbirlar belgilab olindi. Buning uchun arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasini muntazam ravishda kerakli miqdorda mahsulotlar bilan ta’minlab borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bozorlardagi narx-navolarni aholi uchun ma’qul narxlarda bo‘lishi yuzasidan tizimli ravishda deputatlik va jamoatchilik nazorati olib boriladi.   

Slide 1 of 3