Yangiliklar

Yosh avlodga yordam

 Ijtimoiy holati og‘ir oila farzandlariga maktab formalari xarid qilindi 

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining tashabbusi bilan ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan, kam taminlangan oila farzandlariga, ota-onasi vafot qilgan va bugungi kunda yaqin
qarindoshlari qaramog‘ida bo‘lgan bolalarga yangi o‘quv yili uchun maktab formasi olib berildi. 

Mahalla yetakchilari, qarindoshlari, ota-onalari hamrohligida tuman markazidagi savdo do‘koniga kelgan bolalarga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ruslan Jumaniyazov boshchiligida o‘zlariga mos kelgan maktab formasi, o‘quv qurollari xarid qilindi. 

Slide 1 of 9