Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z. Madaminova tomonidan 2-“Avg‘onbog‘” saylov okrugi hududidagi “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Tokzor ko‘chasi, 31-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro X. Xaydarova xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif chog‘ida oilaning yashash sharoiti, mavjud ehtiyojlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida uning xonadoni homiylik asosida ta’mirlab berilgan. Shuningdek, fuqaroning ko‘zini jarrohlik yo‘li bilan davolatish uchun tibbiy yo‘llanma rasmiylashtirilgan.

️Bundan tashqari, oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy ko‘mak ajratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5