Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_okrugida #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #nazorat_tahlil

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B. Bo‘tayeva o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov hamda mahalla raisi bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktab binosidagi isitish tizimining holati, isitish pechlarining sozligi, ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi, sinf xonalarida zarur haroratni ta’minlash hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay sharoit yaratish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini yaxshilash va ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6