Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#Deputat_okrugida #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #nazorat_tahlil

Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘z saylov okrugidagi “Oqjar” mahallasida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabdagi isitish pechlarining texnik holati, ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasining yetarliligi, mavjud yoqilg‘idan samarali foydalanish, sinf xonalari va boshqa o‘quv binolarida harorat me’yorlarini ta’minlash hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kuz-qish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1