Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z. Madaminova tomonidan 2-“Avg‘onbog‘” saylov okrugi hududidagi “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Bobobek ko‘chasi, 108-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro K. Tursunbayeva xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif chog‘ida oilaning yashash sharoiti, mavjud ehtiyojlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun 20 million 600 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.

Shuningdek, oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham yordam ko‘rsatilgani aniqlandi. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy ko‘mak ajratilgan.

Bunday o‘rganishlar aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, oilalarning turmush sharoitini yaxshilash hamda fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4