Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
“At-Termiziy” mahallasida xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan manzilli ishlash va fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif amalga oshirildi.

Jumladan, Bog‘i Rahmat ko‘chasi, 20-A-uyda yashovchi M.Mamajonovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti, mavjud muammolari hamda ehtiyojlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilada mulkiy nizo mavjudligi, shuningdek, ikki nafar nogironligi bo‘lgan oila a’zosi tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyojmandligi aniqlandi.

️Mavjud muammoni qonuniy tartibda hal etishga ko‘maklashish maqsadida oilaga bepul advokat yollash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, oila a’zolarining tibbiy reabilitatsiyadan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va zarur choralarni ko‘rish maqsadida Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Deputat tomonidan oilaning murojaati nazoratga olinib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarga zarur huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4