Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
Oilaning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ishlash va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, deputat tomonidan Bog‘i Atirgul ko‘chasi, 22-uyda yashovchi fuqaro M.Mamajonovaning xonadoniga borilib, oilaning yashash sharoiti va mavjud muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonning ta’mirtalab holatda ekani, mavjud sharoit oilaning kundalik hayoti uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani hamda uy-joyni ta’mirlash ishlarini imkon qadar tezroq amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan oilaga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud muammoni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda xonadonni ta’mirlash masalasini ijobiy ko‘rib chiqish maqsadida Qo‘qon shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi.

Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalaning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6