#murojaatlar_daftari
#deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi.
O‘rganish davomida mahallaning «Limonzor» ko‘chasida ko‘chaboshi bilan uchrashilib, ko‘chadagi mavjud muammolar va aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida ko‘chani asfalt qilish yuzasidan bildirilgan murojaat tinglandi.
Mazkur murojaat «Murojaatlar daftari»ga qayd etilib, uni hal etish imkoniyatlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.
Murojaatning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, masalaning yakuniy hal etilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram