#Yoshlar_maslahat_guruhi_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan yoshlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish yo‘nalishida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yosh xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yosh xotin-qizlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechimlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan Yoshlar maslahat guruhi tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, yoshlar masalalarini tuman Kengashi faoliyatiga olib chiqish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Mazkur o‘rganish Yoshlar maslahat guruhining yoshlar manfaatlarini ifodalash, ularning muammolarini aniqlash va Kengash faoliyatida yoshlar masalalarini yoritish borasidagi faoliyati doirasida amalga oshirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram