35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

Shu doirada, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyatini tahlil qildilar.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi hamda profilaktika inspektori faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tuzilgan savolnomalar orqali ko‘rib chiqildi.

Jumladan, hokim yordamchisining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnoma orqali tahlil qilindi.

Unda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolar daromadlarini oshirish borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, profilaktika inspektori faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni asosida o‘rganildi.

Bunda mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, fuqarolar bilan individual ishlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Deputatlarning joylarda olib borayotgan bunday o‘rganishlari sessiya kun tartibidagi masalalarni chuqur tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1