35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion omillarning oldini olish — doimiy e’tiborda

Shu maqsadda Termiz shahar hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shahar komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya, viloyat prokurorining katta yordamchisi Sh.Xurramov, viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i A.Bobomurodov, shahar prokurori R.Ibragimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shahar komissiyasi a’zolari, deputatlar hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shahar komissiyasi raisi D.Normuradova olib bordi.

💬Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalasi atroflicha muhokama qilindi.

💬Yig‘ilish davomida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mas’ul tashkilot va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

💬Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, davlat xizmatchilarining mas’uliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, qonuniylik va xizmat intizomiga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬Tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq va manzilli choralarni belgilash zarurligi qayd etildi.

💬Muhokamalar jarayonida har bir tashkilot va mas’ul rahbarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalari, belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalariga alohida urg‘u berildi.

💬Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda faqatgina aniqlangan holatlarga munosabat bildirish bilan cheklanib qolmasdan, korrupsion xavflarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish, ularni bartaraf etish va tizimli profilaktik choralarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

💬Yig‘ilish yakunida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsion omillarning oldini olish hamda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🫥Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish — qonun ustuvorligi, halollik, ochiqlik va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan boshqaruv tizimini ta’minlashning muhim shartidir.

Slide 1 of 9