35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#deputat_okrugida
#nazorat_tahlil

“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashev o‘z saylov okrugidagi “Yangikent” mahallasida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida mazkur masala doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud holat va aniqlangan masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, maktabning yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quv xonalari, maktab hududi, sanitariya va obodonlashtirish ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonini boshlashga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3