35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Mahalla infratuzilmasi masalalari muhokama qilindi

Mahalla vakillarining faoliyati tahlil qilingach, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Tinchlik” mahallasining faol nuroniylari bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdilar.

Suhbat davomida mahalla hayotidagi dolzarb masalalar, hududni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, nuroniylar tomonidan mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, elektr simyog‘ochlarini almashtirish va yangilash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni tartibga keltirish, shuningdek, mahalla hududining obodonchiligi va infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

Bildirilgan taklif va mulohazalar deputatlar tomonidan tinglanib, har bir masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda imkon qadar amaliy yechim topish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shuningdek, joylarda aholi bilan bunday muloqotlarni muntazam tashkil etish, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflarni deputatlik nazorati doirasida o‘rganish va ularning ijrosini nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.

Aholi bilan bevosita muloqot va joylardagi muammolarni o‘rganish — xalq vakillarining fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy faoliyatining muhim qismidir.